Petr Yan murosasiz jangda Kori Sendxagendan ustun keldi 

Sport

image

Ayni daqiqalarda BAA poytaxti Abu-Dabidagi “Janglar oroli”da UFC 267 musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

“Co-main event” (ikkinchi markaziy bahs) jangida yarim yengil vazn toifasining 1-raqamli jangchisi rossiyalik Petr Yan (15-2) amerikalik Kori Sendxagenga (14-3) qarshi oktagonga ko‘tarildi va ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozonib, “interim” (vaqtinchalik) chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

Yan so‘nggi jangida amerikalik Aljameyn Sterlingga qarshi bahs olib borgan va taqiqlangan zarba yo‘llagani uchun chempionlik kamaridan ayrilgan edi.

Kechaning markaziy bellashuvida yarim og‘ir vazn toifasi chempioni polshalik Yan Blaxovich braziliyalik Glover Teysheyraga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik Islam Maxachev zelandiyalik Den Xukerni, Hamzat Chimayev xitoylik Li Jinliangni mag‘lubiyatga uchratdi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Abu Dabi Petr Yan Kori Sendxagen

Baholaganlar

20

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing