O‘zbekistonlik sportchi ilk bor qilichbozlik bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
Sport
−
04 aprel 2022
6371Kecha, 3 aprel kuni BAAda o‘tayotgan qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining ikkinchi kunida sablyachi Zuhriddin Qodirov, O‘zbekiston tarixida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan ilk qilichboz bo‘ldi.
O‘smirlar toifasida sablya qurolida bahs olib borgan Qodirov Kanada, Misr, Vengriya, AQSH va finalda Germaniya vakillari ustidan g‘alaba qozondi. Hal qiluvchi bellashuvda Qodirov Kolin Xetkokni 15:13 hisobida dog‘da qoldirdi.
Bugun musobaqa davomida Samira Shokirova hamda Musa Aytmurodov chorak finalgacha yetib bordi. Afsuski, bronza medalini naqd qiladigan bosqich ostonasida ularga omad yetishmadi.
LiveBarchasi