O‘zbekistonlik qilichboz qizlar Jahon kubogi bosqichida sovrindor bo‘ldi

Sport

image

O‘tgan hafta yakuni o‘zbekistonlik yosh sablyachilar uchun ham omadli keldi. Ispaniyaning Segoviya shahrida tashkil etilgan Jahon kubogi bosqichida O‘zbekiston jamoasi vakillari jamoaviy dasturda 3-o‘rinni egalladi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, o‘zbekistonlik qilichbozlar chorak finalda xitoylik sportchilarni 45:19 hisobida mag‘lub etgan, yarim finalda esa AQSHga 27:45 hisobida imkoniyatni boy bergan. 

O‘zbekistonlik bronza medali uchun kechgan murosasiz bahsda esa Italiya jamoasi 45:41 hisobida taslim etdi. Musobaqada terma jamoa safida Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari g‘oliblari Gulistan Perdibayeva hamda Fernanda Errera, o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati sovrindori Nargiza Jaksibayeva, shuningdek, Samira Shokirova harakat qildi.

Ma’lumot uchun, bungacha Toshkent mezbonlik qilgan shpagachi qizlar bahsida ham O‘zbekiston ayollar jamoasi a’zolari shohsupaning 3-pog‘onasidan joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston qilichbozlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing