O‘zbekistonlik san’atkorlarga Ozarbayjonning yuksak mukofotlari topshirildi

Madaniyat-san’at

Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston madaniyat kunlari doirasida bir guruh o‘zbekistonlik san’atkorlar Ozarbayjonning yuksak unvonlari bilan mukofotlandi.

Mamlakat Prezidenti Ilhom Aliyev o‘tgan yilning avgust oyida O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayevani Ozarbayjon xalq artisti unvoni, O‘zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Kamoliddin O‘rinboyevni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi.

Bugun, 3 avgust kuni ushbu mukofotlarni o‘z egalariga topshirishga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Unda Madaniyat vazirlari Ozodbek Nazarbekov va Odil Karimli ishtirok etdi.

Mukofotlarni toshirar ekan, vazir Odil Karimli, bu O‘zbekiston madaniyati va san’ati, barcha o‘zbekistonlik san’atkorlarga bo‘lgan e’tibor ekanini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning avgust oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham Ozarbayjon xalq artisti Gudyanoq Mammedovani O‘zbekiston xalq artisti unvoni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Ozarbayjon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made