O‘zbekistonlik san’atkorlar 352 millionlik xayriya qildi

Jamiyat

image

Ayni vaqtda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalgandan buyon mamlakatda faoliyat yuritayotgan taniqli san’atkorlarning boshqa kasb egalari qatorida xayriya ishlarini olib bormayotgani kabi mayda gaplar kun tartibiga chiqdi. Biroq, savob ishni o‘ng qo‘ling bilsa, chap qo‘ling bilmasin degandek, san’atkorlar ham mamlakatda 352 million so‘mlik xayriya ishlarini amalga oshirgan. Ayrimlar tomonidan tarqatilayotgan mayda gaplar, saviyasiz chiqishlar sabab bu xayrli ishlarni ochiq aytishga to‘g‘ri kelmoqda. 

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasining ma’lum qilishicha, karantin davrining ilk kunlaridan to shu kunga qadar O‘zbekiston xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov, Yulduz Usmonova, Farrux Zokirov, Gulsanam Mamazoitova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Ulug‘bek Rahmatullayev, Mavluda Asalxo‘jayeva, Hosila Rahimova, Alisher Turdiyev, Ziyoda Qobilova, rejissyor Sa’dulla Abdullayev hamda boshqa san’atkorlar tomonidan “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga 200 million 500 ming so‘m hamda kam ta’minlangan oilalar va aholining boshqa yordamga muhtoj qatlami uchun 152 million so‘m, umumiy hisobda 352 million 500 ming so‘m xayriya mablag‘lari yo‘naltirilgan. 

“O‘zbekkonsert”ning ta’kidlashicha, bundan buyon ham bu boradagi ishlar faol davom etadi. 

Bizningcha, xayriya shunday ishki, uni inson ko‘ngil xotirjamligi uchun qiladi, o‘zini ko‘z-ko‘z qilish, jamiyatda tilga tushish uchun emas. Shunday ekan, mayda gaplardan yiroq bo‘lib, bugun o‘zimiz kimga qancha yordam berayotganimizni bir o‘ylab ko‘rsak, maqsadga muvofiq bo‘lardi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekkontsert

Baholaganlar

547

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing