O‘zbekistonlik sambochilar Jahon kubogini 18 ta medal bilan yakunladi

Sport

image

Joriy yilning 22-23 avgust kunlari Qirg‘izistonning Cho‘lpon-Ota shahrida sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda katta tarkib bilan qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi 18 ta medalga ega chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston Sambo assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan sambochilar 24 ta vazn toifasida sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borgan. 

Bellashuvlarda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari umumiy hisobda 18 ta, 3 ta oltin, 8 ta kumush va 7 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan.

Quyida terma jamoa safida sovrindor bo‘lgan sportchilar ro‘yxati keltirilgan.

Oltin

-59 kilogramm: Shahzoda Ozodova (jangovar sambo)

-88 kilogramm: Sohib Hasanboyev (jangovar sambo)

+98 kilogramm: Islom Nosirov (jangovar sambo)

Kumush

-72 kilogramm: Gulina Obloqulova (jangovar sambo) 

-64 kilogramm: Sardor Olimjonov

-71 kilogramm: Dilshodbek Yo‘ldoshev

-98 kilogramm: Ne’mat Yoqubov

-50 kilogramm: Gulsevar O‘roqova

-58 kilogramm: Egambergan Iskandarov (jangovar sambo)

-71 kilogramm: Oybek Soliyev (jangovar sambo)

+80 kilogramm: Hosiyat Masharipova 

Bronza

-71 kilogramm: Ubaydullo Mo‘minov

-98 kilogramm: Mirzohid To‘xtashev

-59 kilogramm: Mamlakat Sultonova (jangovar sambo)

-58 kilogramm: Lutfilla Saydamatov (jangovar sambo)

-88 kilogramm: Zafar Ahrorov (jangovar sambo)

-54 kilogramm: Farog‘at Nurmamatova

-72 kilogramm: Begoyim Hayitova.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston sambo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing