O‘zbekistonlik profbokschilar tarozidan o‘tdi

Sport

image

Kecha, 5 noyabr kuni Rossiyaning Sochi shahrida o‘tkaziladigan professional boks kechasi oldidan bokschilar ishtirokida vazn o‘lchash va face-to-face marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada O‘zbekistonning uch nafar vakili ishtirok etadi. O‘zbekistonlik sportchilarning bari belgilangan vazn me’yorini bajardi. Markaziy jang Fazliddin G‘oyibnazarov ishtirokida o‘tkazilib, unga yarimo‘rta vaznda sobiq WBA yo‘nalishi chempioni Rajab Butayev raqiblik qiladi.

Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov esa Janubiy Afrika Respublikasi vakili Sifamandla Baleniga qarshi ringga ko‘tariladi. O‘zaro to‘qnash keladigan o‘zbekistonlik sportchilar Botir Ahmedov va Muhammadsalim Sotvoldiyev ham belgilangan me’yorni bajardi.

Tarozi natijalari:

Rajab Butayev — 69,7 kg; 
Fazliddin G‘oyibnazarov — 69,9 kg.

Botir Ahmedov — 66,05 kg; 
Muhammadsalim Sotvoldiyev — 66,15 kg. 

Hasanboy Do‘smatov — 47,6 kg; 
Sifamandla Baleni — 47,5 kg.


Maqola muallifi

Teglar

Hasanboy Do'smatov Botir Ahmedov Fazliddin G'oyibnazarov Muhammadsalim Sotvoldiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing