Prezident Buxoro hokimining birinchi o‘rinbosarini ishdan oldi

Jamiyat

image

Buxoro viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig‘i Botir Ilhomovich Ahmedov soliq tushumi bo‘yicha korxonalar bilan yetarli ishlamagani uchun lavozimidan ozod etildi. Bu haqda bugun, 21 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan joriy yilning birinchi yarmida erishilgan natijalar va yil yakunigacha qilinadigan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda soliq tushumlari bo‘yicha ham mavjud imkoniyatlar to‘liq ishga solinmayotgani ko‘rsatib o‘tilgan. Yil boshidan soliq tushumi 27 foizga ko‘payib, 130 trillion so‘mdan oshgan.

Lekin qo‘shimcha tushum bo‘yicha yillik reja atigi 40 foizga bajarilgan. Bu 12 trillion so‘mni tashkil etadi. Viloyat hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari soliq tushumi bo‘yicha korxonalar bilan yetarli ishlamayotgani tanqid qilingan.

Buxoro viloyati misolida aylanmasi 100 million so‘mdan yuqori bo‘lgan 162 ta korxona ketma-ket uch yil faoliyatini zarar bilan yakunlagani uchun 1 so‘m ham foyda solig‘i to‘lamagani aytilgan.

Shuningdek, 1,5 mingta korxona qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lamasdan, faqat QQSni chegirib yurgani qayd etilgan. Shu bois, Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan.

1 iyuldan 498 ta yirik soliq to‘lovchi korxonadan soliq undirish vakolati viloyatlarga tushirib berilgani qayd etilib, endi birorta bahonaga o‘rin qolmagani ta’kidlangan. Viloyat hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, viloyat soliq rahbarlariga mazkur korxonalar bilan yaqindan ishlab, soliqlar to‘liq hajmda yig‘ilishini ta’minlash topshirilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing