O‘zbekistonlik para-atletlar Jahon chempionatini 13 ta medal bilan yakunladi

Sport

image

Yaponiyaning Kobe shahri mezbonlik qilgan Para yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionatida o‘zbekistonlik para sportchilar 7 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza, jami 13 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egalladi. Bu haqda O‘zbekiston Paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Dunyoning 103 ta mamlakatidan mingdan ortiq para atlet ishtirok etgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida Buyuk Britaniya, AQSH, Germaniya, Hindiston va Eron kabi yetakchi davlatlarni ortda qoldirib, o‘zining Jahon chempionatlaridagi eng yaxshi natijasini qayd etdi.

Bahslar davomida Nurxon Qurbonova hamda Asila Mirzayorova o‘z yo‘nalishlarida jahon rekordlarini yangiladi.

Qayd etish joiz, bungacha o‘zbekistonlik para-atletlar 2 ta jahon chempionatida 10 va 9-o‘rinlarni egallagan.

Sovrindorlar ro‘yxati:

Oltin:

Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev – yadro uloqtirish;
Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev – disk uloqtirish;
Xusniddin Norbekov – yadro uloqtirish;
Nurxon Qurbonova – nayza uloqtirish;
Asila Mirzayorova – uzunlikka sakrash;
Yoqutxon Xolbekova – uzunlikka sakrash;
Safiya Burxanova – yadro uloqtirish.

Kumush:

Boburjon Omonov – yadro uloqtirish;
Dilafruz Ahmadxonova – yadro uloqtirish;
Kubaro Hakimova – yadro uloqtirish;
Mohigul Hamdamova – disk uloqtirish.

Bronza:

Ma’rufjon Murodulloyev – 400 metrga yugurish;
Nurxon Qurbonova – yadro uloqtirish.


Maqola muallifi

Teglar

Nurxon Qurbonova Asila Mirzayorova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing