O‘zbekistonlik para-atlet Jahon chempioni bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik para-atlet Husniddin Norbekov Fransiya mezbonligida o‘tayotgan para yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 16 iyul kuni erkaklar o‘rtasida F35 klassida yadro uloqtirish dasturida startga chiqqan O‘zbekiston vakili Xusniddin Norbekov 16,78 metr natija bilan barcha raqiblarini ortda qoldirib, oltin medalni qo‘lga kiritgan. Bu orqali u Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyaciga ham ega chiqqan.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 15 taga yetdi. Shulardan 5 tasi oltin medal hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Norbekov Yaponiyada bo‘lib o‘tgan Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida g‘alaba qozonib, oltin medal sovrindori bo‘lgan edi. U (klass F35) yadro uloqtirish dasturida 16,13 metr natijani qayd etgan.


Maqola muallifi

Teglar

oltin medal' Husniddin Norbekov para-atlet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing