O‘zbekistonlik Osiyo chempioni taqiqlangan modda iste’mol qilgani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Osiyo futbol konfederatsiyasi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan U-20 Osiyo kubogi bo‘yicha tibbiy xulosasini taqdim etdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston — Avstraliya uchrashuvidan keyingi doping tekshiruvda U-20 O‘zbekiston jamoasining bir nafar futbolchisi — Shahriyor Jabborovda taqiqlangan modda aniqlangan. 

Ushbu tekshuriv “A”, ya’ni birinchisi hisoblanib, undan so‘ng “B” qo‘shimcha tekshiruvi o‘tkaziladi. Aynan ikkinchi tekshiruvdan so‘ng yakuniy qaror chiqariladi. 

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi  rahbariyati boshchiligida mazkur holatni to‘liq o‘rganib chiqish yuzasidan ichki tekshiruv boshlangan. Unda futbolchi, tibbiy qo‘mita mutaxassislari, terma jamoa hamda klub shifokorlari ishtirok etmoqda. 

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, Jabborov ehtiyotsizlik sabab sifatsiz biologik faol moddalar iste’mol qilgan bo‘lishi ehtimoli o‘rganib chiqilmoqda.

Shuni ta’kidlash kerak, turnir davomida O‘zbekiston U-20 terma jamoasining aksariyat futbolchilari doping tekshiruvidan o‘tgan va hech kimda taqiqlangan vositalar aniqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, U-20 O‘zbekiston jamoasi Osiyo chempionati yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, shu yili Argentinada o‘tadigan Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi. Tarixiy g‘alabadan so‘ng, Osiyo chempionlariga Prezident sovg‘alari – Lacetti (Gentra) mashinalari topshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

U-20 Osiyo chempioni taqiqlangan modda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing