Bugun U-20 O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun maydonga tushadi
Sport
−
23 fevral
5556Bugun, 23 fevral kuni Xitoyda o‘tkazilayotgan U-20 Osiyo chempionatining chorak final o‘yinlari davom ettiriladi. Mazkur bosqich doirasida U-20 O‘zbekiston terma jamoasi janubiy koreyalik tengqurlariga qarshi bahs olib boradi.
Uchrashuv g‘olibi musobaqa yarim finaliga yo‘l olish barobarida keyingi yil Chilida o‘tkaziladigan Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.
Farhod Nishonov shogirdlari bugungi o‘yinda to‘liq oq libosda harakatlanadi. Darvozabon esa qora libosda maydonga tushadi.
Hozircha Osiyodan Saudiya Arabistoni va Avstraliya chorak final bahslarida g‘alaba qozonib, JCH yo‘llanmasini naqd qildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston-Janubiy Koreya bahsi Toshkent vaqti bilan 16:30 da boshlanadi. Uchrashuvga Shenjen shahridagi Yoshlar futbol bazasi 1 maydoni mezbonlik qiladi.