O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar Jahon chempionatini 2-o‘rinda yakunladi

Sport

image

Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempionati bahslari o‘z poyoniga yetdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston jamoasi 4 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza – jami 7 ta medal jamg‘ardi.

7 ta medal O‘zbekiston jamoasiga chempionatni 2-o‘rinda yakunlashga zamin yaratdi.

Bu natija orqali O‘zbekiston medallar jamg‘arish bo‘yicha Xitoydan so‘ng ikkinchi, ochkolar klassifikatsiyasi bo‘yicha esa Armaniston, Xitoy, Eron, Kolumbiyadan so‘ng 5-pog‘onadan joy egallagan.

Oltin medal:

-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov (dast ko‘tarish);
-109 kg: Akbar Jo‘rayev (dast ko‘tarish);
-109 kg: Ruslan Nuriddinov (siltab ko‘tarish);
-109 kg: Akbar Jo‘rayev (ikki kurash).

Kumush medal:
-109 kg: Akbar Jo‘rayev (siltab ko‘tarish);
-109 kg: Ruslan Nuriddinov (ikki kurash).

Bronza medal:
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov (ikki kurash).


Maqola muallifi

Teglar

Ruslan Nuriddinov Akbar Jo'raev Muhammadqodir Toshtemirov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing