O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport
−
07 avgust
36567O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Sardor Lapasov antidoping qoidalarini buzgani uchun 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Milliy antidoping agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, musobaqa davomida sportchidan olingan doping-test natijalariga ko‘ra, uning tanasida 2024 yil uchun taqiqlangan moddalar ro‘yxatiga kiritilgan “klenbuterol” moddasi topilgan. Bu bilan Lapasov Butunjahon antidoping kodeksining 2.1- moddasida ko‘rsatilgan antidoping qoidabuzarligini sodir etgan.
Ma’lumot uchun, diskvalifikatsiya muddatini o‘tayotgan shaxs diskvalifikatsiya muddati tugaguniga qadar xalqaro va respublika musobaqalari hamda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida qatnasha olmaydi. Ushbu talablarga rioya qilmaslik esa shaxsning umrbod taqiqlanishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, kodeksda sport federatsiyasi yoki assotsiatsiyasiga nisbatan ham jazo chorasi qo‘llash mumkinligi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik 7 nafar og‘ir atletikachi doping sabab 4 yilga musobaqalardan chetlashtirilgandi. Ularning doping-sinamalarida S.1 – Anabolik steroid gormonlar guruhiga mansub metandiyenon, metasteron, testosteron, kanrenon kabi taqiqlangan moddalar aniqlangandi.
LiveBarchasi