O‘zbekistonlik noqonuniy migrantlar zudlik bilan AQSHdan deportatsiya qilinadi – “New York Post”

Olam

image

AQSHning Kaliforniya shtati chegarachilari sobiq SSSRning bir qancha davlatlaridan borgan noqonuniy muhojirlarni zudlik bilan deportatsiya qilish bo‘yicha buyruq oldi. Gap Gruziya, Moldova, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston haqida ketmoqda. Bu haqda ichki hujjatga tayanib, "New York Post" xabar berdi.

Gazetaning yozishicha, gap voyaga yetgan migrantlar haqida ketmoqda. NYP ma’lumotlariga ko‘ra, chegarachilar tomonidan qabul qilingan buyruq chegaraning San-Diyego shahri yaqinidagi qismiga tegishli. Bu hudud sharqiy yarim shardagi davlatlardan kelgan noqonuniy muhojirlarning asosiy qismini tashkil qiladi.

Qayd etish joizki, 100 dan ortiq mamlakatlarni o‘z ichiga olgan sharqiy yarim shardagi boshqa mamlakatlardan borgan muhojirlarga ularning ishlari ko‘rib chiqilayotgan paytda Qo‘shma Shtatlarda qolishga ruxsat berilgan.

AQSHda Meksikadan chegarani noqonuniy kesib o‘tgan muhojirlarga boshpana berishga vaqtinchalik taqiq kuchga kirdi. Yangi qoidalar Amerika rasmiylariga Qo‘shma Shtatlarda bo‘lish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmagan shaxslarni tezroq chiqarib yuborish imkonini beradi. Ushbu chora AQSH-Meksika chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan muhojirlarning o‘rtacha soni kuniga 1500 kishidan kam bo‘lgunga qadar kuchda qoladi.

NYP chegara patrul xizmati ma’lumotlariga tayanib yozishicha, shu dam olish kunlari janubiy chegarani kesib o‘tgan 10 mingdan ortiq muhojir qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh O'zbekiston migrantlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing