O‘zbekistonlik mutaxassis Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi Bosh kotibi bo‘ldi
Sport
−
17 dekabr
2663Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) rahbariyati tarkibida o‘zgarish amalga oshirildi. O‘zbekistonlik Gulnora Saidova tashkilot Bosh kotibi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasining ma’lum qilishicha, FIE Bosh kotibligiga ilk bor ayol kishi tayinlanmoqda, bu lavozim Saidovaga ishonib topshirildi.
“O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Gulnora To‘lqunovnani mas’uliyatli lavozimga saylangani bilan muborakbod etib, uning yangi faoliyatida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi”, deyiladi MOQ xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 5 dekabr kuni rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti sifatidagi faoliyatini o‘z ixtiyori bilan to‘xtatgani xabar qilingandi.