Usmonovning FIE rahbarligiga saylanishi demokratik tarzda bo‘ldi – Tomas Bax
Sport
−
06 dekabr
2535Alisher Usmonovning Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidenti lavozimiga saylanishi demokratik tarzda o‘tdi. Bu haqda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) rahbari Tomas Bax ma’lum qildi.
4 dekabr kuni FIE Usmonovning tashkilot prezidenti sifatidagi faoliyatini to‘xtatganini e’lon qildi. U bu lavozimga 30 noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan anjumanda saylangan edi. Gretsiya vakili Emmanuel Katsiadakis Usmonov faoliyati to‘xtatilganidan keyin FIE rahbari vazifasini bajaruvchi bo‘ldi.
“Bu muhim ko‘pchilik ovozga ega bo‘lgan demokratik saylov bo‘ldi. Bugun ertalab bizga ma’lum bo‘lishicha, Usmonov Xalqaro federatsiyani himoya qilish uchun allaqachon o‘z harakatlarini amalga oshirgan”, deydi Bax.
Qayd etish joiz, Usmonovning FIE rahbari lavozimiga nomzodi oktyabr oyida qo‘yilgan edi.
Ma’lumot uchun, Usmonov 71 yoshda. U 2008 yildan beri FIE'ga rahbarlik qiladi, biroq 2022 yilning 1 martida u o‘z ixtiyori bilan tashkilot prezidentining vakolatlarini to‘xtatib turishga qaror qildi, Katsiadakis so‘nggi ikki yil davomida federatsiya rahbari bo‘ldi. 2001-2009 yillarda Usmonov Rossiya qilichbozlik federatsiyasi prezidenti, 2005-2009 yillarda esa Yevropa qilichbozlik federatsiyasi rahbari bo‘lgan.
LiveBarchasi