O‘zbekistonlik mutaxassis qanday niqoblar, aslida, foydali ekanligini aytdi
Jamiyat
−
02 aprel 2020
14152Koronavirus sababli O‘zbekistonda karantin e’lon qilingach va kasalikka chalinmaslik uchun targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilgach, himoya niqoblariga bo‘lgan talab keskin oshib ketdi. Avvaliga, dorixonalarda ularning narxi ko‘tarildi, so‘ngra esa bilgan ham, bilmagan ham niqob tikib foydalanishni va yoki uni sotishni boshladi. Odamni virusdan himoya qiluvchi niqob, aslida, qanday bo‘lishi kerak?
“Tibbiy niqoblarni ishlab chiqarishda belgilangan Davlat standartiga amal qilinadi. Niqoblar himoya darajasiga qarab, 2 turga bo‘linadi: epidemiyalar va pandemiyalarda infeksiyani tarqalishini kamaytirish uchun ishlatiladigan doka niqoblardir”, deydi ushbu masala yuzasidan fikr bildirar ekan Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, ushbu niqoblar o‘ziga nam tortmaydigan materiallardan tayyorlanishi va 2 soatdan ortiq hamda ko‘p marotaba ishlatilishi mumkin emas. Chunki undan ortiq ishlatilsa, ular orqali kasallikni yuqtirib olish mumkin.
“2-turdagi maskalar – bular respiratorlardir. Ulardan ko‘p marotaba foydalanish mumkin va bunda ishlab chiqaruvchi tomonidan qo‘yilgan ishlatish muddatiga rioya qilish maqsadga muvofiqdir”, deydi Nurmat Otabekov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugunga qadar kasalikka chalinganlar soni 190 nafarga yetdi. Bemorlarning 25 nafari kasallikdan forig‘ bo‘ldi. Ularning 2 nafari vafot etdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi