O‘zbekistonlik kurashchilar Xorvatiyadagi turnirda sovrindor bo‘ldi

Sport

image

1-5 fevral kunlari Xorvatiya poytaxti Zagreb shahri mezbonlik qilgan sport kurashlari bo‘yicha “Zagreb Open” xalqaro musobaqasi yakunlandi. Ushbu sport turida dunyoning eng kuchli polvonlarini jamlagan turnirda O‘zbekiston terma jamoasi ham medallar uchun kurash olib bordi.

O‘zbekistonlik sportchilar musobaqada yunon-rum va ayollar kurashi dasturlarida ishtirok etdi. 

Murosasiz bahslar yakunida o‘zbekistonlik “klassik” kurashchilar 1 tadan kumush va bronza medallariga sazovor bo‘ldi. -55 kg vaznda qatnashgan Ixtiyor Botirov shohsupaning 2-pog‘onasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, Jamol Jumaboyev -72 kg vazn toifasidagi bahslarda kuchli uchlikdan joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik dzyudochilar ham xalqaro musobaqada sovrindor bo‘lgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

kurash Zagreb

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing