O‘zbekistonlik kibersportchilar Osiyo chempioni bo‘ldi (video)
Sport
−
18 iyul 2023 3974 1 daqiqa
Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan “IESF Asian Championship 2023” musobaqasida o‘zbekistonlik kibersportchilar Cs:GO bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Elektron kompyuter sporti federatsiyasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Ar-Riyod shahrida o‘tgan XV Jahon chempionati uchun mintaqaviy saralash musobaqasi hamda Osiyo chempionati doirasida o‘tkazilgan “Gamers8” turnirida “Team Uzbekistan” milliy terma jamoasi “IESF Asian Championship 2023” grand finalida Mo‘g‘uliston vakillarini mag‘lub etdi.
Jamoa (icyvl0ne, fr0k, wetfy, kanshineF, ManticorE) ikki bosqichda tashkil etilgan musobaqaning har ikkala qismida ham raqiblaridan ustun kelgan.

Bu orqali o‘zbekistonlik kibersportchilar 7 ming dollar pul mukofoti va sovrin jamg‘armasi 100 ming dollar bo‘lgan “IESF World Esports Championship 2023” turniriga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.
Live
Barchasi