O‘zbekistonlik kanoechilar Olimpiadani medalsiz tark etdi

Sport

image

Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Tokio Olimpiadasida qatnashgan Dilnoza Rahmatova hamda Nilufar Zokirova o‘z ishtirokini yakunladi.

Juftlik 500 metr masofaga o‘tkazilgan 2-yarim final guruhida, marraga so‘nggi o‘rinda yetib kelishdi. Bu natijana medallar uchun kurashishga yetarli bo‘lmadi. Shundan so‘ng, ular “B” finalida ishtirok etishdi. 

Qolgan o‘rinlarni aniqlash uchun o‘tkazilgan bellashuvda o‘zbekistonlik kanoechilar 3-bo‘lib marrani zabt etishdi va umumiy hisobda 11-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Ma’lumot o‘rnida, Rahmatova va Zokirova juftligi yakkalik bahslarida ishtirok etib, medallar uchun kurashish imkoniyatini qo‘ldan boy bergan edilar.


Maqola muallifi

Baholaganlar

34

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing