Qozog‘istonlik Olimpiada sovrindori mukofot pullarining barchasini xayriya qildi

Sport

image

Erkin kurash bo‘yicha Tokio Olimpiadasining bronza medalini qo‘lga kiritgan qozog‘istonlik Nurislom Sanayev o‘ziga berilgan mukofot pullarini muhtojlarga xayriya qildi. Bu haqda sportchining o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, u doimo Olimpiadaning oltin medalini qo‘lga kiritishni, shuningdek muhtojlarga yordam berishni orzu qilgan. Sanayev 75 000 AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ni xayriya qilmoqchi ekani to‘g‘risida yozib qoldirgan.

“Bugun men hissiyotlarga to‘lib-toshganman va ishonch, qo‘llab-quvvatlash va imkoniyat uchun yurtdoshlarimga o‘z minnatdorligimni bildirmoqchiman! Sport bu millionlab odamlarning his-tuyg‘ulari, ilhomi va bizga tinchlik baxsh etuvchi kuchdir. Muhtoj, kambag‘al va kasal bolalar uchun orzuimni ro‘yobga chiqaraman. Menga berilgan mukofot pullarini Qozog‘istonning kambag‘al oilalari va kasal bolalariga bermoqchiman. Ular baxtli bo‘lsin”, deya yozgan Sanayev.

Eslatib o‘tamiz, qozog‘istonlik erkin kurashchi Nurislam Sanayev Tokio Olimpiadasida bolgariyalik Georgiy Vangelovga qarshi bronza medali uchun kechgan bahsda g‘alaba qozongan. Unga kafolatlangan 75 000 AQSH dollaridan tashqari BMW rusumli avtomobil sovg‘a qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Tokio Olimpiadasi Nurislom Sanaev 75 000 AQSh dollari

Baholaganlar

90

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing