Jalolov kolumbiyalik bokschiga qarshi jang uchun Dubayga jo‘nab ketdi
Sport
−
08 dekabr 2021
7150Bugun, 8 dekabr kuni Tokio Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda 27 yoshli charm qo‘lqop ustasi Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Surxondaryolik bokschi joriy yilning 11 dekabr kuni prof boksdagi 9-jangida ringga ko‘tariladi. Uning raqibi kolumbiyalik Xulio Sezar Kalemino bo‘ladi.
Jalolovga Rahmatjon Ro‘zioxunov va yana bir nechta murabbiylar sekundant vazifasini bajaradi.
Ma’lumot uchun, “Big uzbek” professional boksda 8 marta jang o‘tkazgan va ularning barchasida raqiblarini nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan. Kalemino esa, 5 marta ringga ko‘tarilib, ularning to‘rttasida g‘alaba qozongan.
LiveBarchasi