O‘zbekistonlik qilichboz yigitlar Jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi

Sport

image

Eron poytaxti Tehron shahrida o‘tkazilgan qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Jahon kubogining navbatdagi bosqich bellashuvida O‘zbekiston jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Sablya bahslarining jamoaviy dasturida ishtirok etgan Islombek Abdazov, Azizbek Dauletnazarov hamda Sardor Abdukarimbekov triosi barcha raqiblarni mag‘lubiyatga uchratdi. Chempionlik uchun kechgan final bellashuvida O‘zbekiston vakillari Turkiya jamoasini 45:42 hisobida dog‘da qoldirdi. 

Qayd etish joiz, jamoa yetakchisi Islombek Abdazov yakkalik bosqichida ham oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bahraynning Manama shahrida o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogida o‘zbekistonlik qizlar g‘oliblikni qo‘lga kiritgani xabar qilingandi. Jamoaviy dasturda ishtirok etgan Gulistan Perdibayeva, Fernanda Errera, Nargiza Jaksibayeva hamda Samira Shokirova kvarteti finalda Bolgariya vakillaridan ustun keldi.


Maqola muallifi

Teglar

Milliy Olimpiya qo'mitasi qilichbozlik Islombek Abdazov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing