O‘zbekistonlik ikki o‘qituvchi Fransiya hukumatining mukofoti bilan taqdirlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimining ikki nafar vakili Fransiya hukumatining “Akademik Palma” mukofoti kavalerlariga aylandi.

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tavsiyasiga binoan to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi “Akademik Palma” mukofoti kavalerlari unvoniga sazovor bo‘ldi.

Ular orasida Xorazm viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi chet tillari bo‘yicha metodisti Gulsun Nazarova va Olmaliq tumani 22-sonli umumta’lim o‘rta maktabi hamda Olmaliq tumani litseyining fransuz tili o‘qituvchisi Bahrom O‘rinboyev ham bor.

“Akademik Palma” mukofoti kavalerlari unvoni ularga O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda qo‘shgan hissalari uchun taqdim etildi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Frantsiya

Baholaganlar

12

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing