O‘zbekistonlik ikki para atlet Paralimpiada litsenziati bo‘ldi

Sport

−

image

Vengriyaning Seged shahrida para kanoe bo‘yicha Jahon chempionati boshlandi. Bugun, 10 may kuni ayollar o‘rtasida VL3 klassida finalda ishtirok etgan o‘zbekistonlik Shahzoda Mamadaliyeva 00:58.22 soniya natija bilan marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi.

Mamadaliyeva ushbu natija orqali Jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritish bilan bir qatorda Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini ham naqd qildi.

VL2 klassida startga chiqqan Irodaxon Rustamova 01:04.60 soniya natija bilan 5-o‘rinni egallab, Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri litsenziyani qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing