O‘zbekistonlik ikki futbolchi xorij klubiga o‘tdi

Sport

image

Birlashgan Arab Amirligining "An-Nasr" klubi "Paxtakor" yarimhimoyachisi Dostonbek Hamdamov transferini e’lon qildi.

Klub rasmiy sayti xabar berishicha, Dostonbek Hamdamov "Paxtakor"dan erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan. O‘zbekistonlik 24 yoshli hujumkor yarimhimoyachi bilan 1,5 yillik shartnoma imzolangan. 

Ma’lumot uchun, Dubayning “An-Nasr” klubi BAA Pro ligasi 12-turidan keyin 24 ochko bilan turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. 

Shuningdek, Bekobodning “Metallurg” jamoasi hujumchisi va to‘purari Shahzodbek Ubaydullayev bugun, 13 yanvar kuni Belarus chempioni – “Shaxtyor” klubi bilan shartnomani rasmiylashtirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

“Belarus chempionatida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar soni yana bir nafarga oshdi. “Metallurg” klubining 22 yoshli hujumchisi 8 yanvar sanasida Belarusga uchib ketgandi. Ubaydullayev bo‘lg‘usi klubi qarorgohida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Kecha tomonlar bir to‘xtamga kelishdi hamda o‘zaro ikki yillik shartnoma imzolandi”, deyiladi xabarda.

Shahzodbek Ubaydullayev O‘zbekiston milliy terma jamoasining a’zosi hisoblanadi. U o‘tgan yilning sentyabr oyida terma jamoa safida debyut o‘yinini o‘tkazgan.


Maqola muallifi

Teglar

futbol Dostonbek Hamdamov Shahzodbek Ubaydullaev

Baholaganlar

356

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing