O‘zbekistonlik grossmeysterlar soni yana bir nafarga ko‘paydi

Sport

image

Xalqaro shaxmat Federatsiyasi (FIDE) o‘zbekistonlik shaxmatchi Abdimalik Abdisalimovga xalqaro grossmeysterlik unvonini berdi. Bu haqda “UzChess” loyihasi o‘z Telegram sahifasida ma’lum qildi.

Grossmeyster unvoni FIDE tomonidan 1949 yilda ta’sis etilgan. Erkaklar 1950 yildan, ayollar esa 1976 yildan beri xalqaro musobaqalarda erishgan yuksak yutuqlari uchun mazkur unvon bilan mukofotlanib kelinadi.

Ma’lumot uchun, Abdimalik Abdisalimov 2002 yilda tug‘ilgan. U 2015 yilda FIDE ustasi, 2019 yilda Xalqaro shaxmat ustasi unvonini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

FIDE grossmeyster Abdimalik Abdisalimov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing