O‘zbekistonlik gimnastikachi Jahon kubogida 2 ta medalni qo‘lga kiritdi

Sport

image

Ozarbayjonning Baku shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi yakuniga yetdi. Musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etish joiz, har ikki medalni Taxmina Ikromova O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga qo‘shib qo‘ydi. U bahslar davomida to‘p va tasmadagi mashqlarda shohsupaga ko‘tarildi.

To‘p:

1. Darya Varfolomeyev (Germaniya)  – 33.150 – 33.150;

2. Yeva Brezaliyeva (Bolgariya)  – 32.950;

3. Taxmina Ikromova (O‘zbekiston)  – 31.800.

Tasma:

1.  Stiliana Nikolova (Bolgariya)  – 31.300;

2.  Yeva Brezaliyeva (Bolgariya)  – 31.100;

3.  Taxmina Ikromova (O‘zbekiston) – 30.950.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Taxmina Ikromova Toshkent mezbonlik qilgan Jahon kubogining uchinchi bosqichida ham sovrindor bo‘lgandi. Toshkent turnirida Ikromova halqa mashqida bronza medaliga ega chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Milliy Olimpiya qo'mitasi Taxmina Ikromova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing