O‘zbekistonlik futzalchi JCHning eng yaxshi yosh futbolchilari qatoridan o‘rin oldi

Sport

image

O‘zbekiston terma jamoasi futzalchisi Husniddin Nishonov Litvada davom etayotgan futzal bo‘yicha Jahon chempionati guruh bosqichining eng yaxshi yosh o‘yinchilari qatoridan o‘rin oldi.

Futzal bo‘yicha jahon chempionati guruh bosqichining eng yaxshi yosh futzalchilari:

  • Yusuf Juad (Marokash) 
  • Leozino (Braziliya)
  • Husniddin Nishonov (O‘zbekiston)
  • Nguyen Van Hiye (Vetnam)
  • Ziki (Portugaliya)

Eslatib o‘tamiz, bugun, 22 sentyabr kunidan boshlab nimchorak final o‘yinlari boshlanadi. O‘zbekiston termasi joriy yilning 24 sentyabr kuni Eronga qarshi o‘ynaydi.

Ma’lumot uchun, Husniddin Nishonov Misr terma jamoasiga qarshi bahsning 2-daqiqasida uzoq masofadan gol urib O‘zbekiston terma jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Litva Futzal Husniddin Nishonov JCh-2020

Baholaganlar

49

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing