O‘zbekistonlik futbolchilar Turkiya klubiga o‘tishi mumkin

Sport

image

Turkiyaning “Galatasaroy” klubi “Nasaf” darvozaboni Abduvohid Ne’matovga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Fotospor” xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Galatasaroy” urugvaylik darvozabon Fernando Muslera o‘rniga O‘zbekiston vakili Abduvohid Ne’matovni jamoaga olib kelmoqchi. 

Shuningdek, klub “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinoning qora ro‘yxatiga tushgan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov transferi ustida ham ishlamoqda. 

Bundan ko‘rinib turibdiki, yangi mavsumda ikki o‘zbek futbolchisi katta ehtimol bilan bir jamoa safida maydonga tushishi mumkin. 

Bu transferlar ko‘p jihatdan turk futboli qoidalariga kiritilgan yangi o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Unga ko‘ra, endilikda Turkiya chempionatida ishtirok etadigan O‘zbekiston vakillari legioner hisoblanmaydi (faqat bir nafar futbolchi).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eldor Shomurodov “Spetsiya” klubidagi ijara shartnomasini yakunlab, “Roma”ga borib qo‘shilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov Galatasaroy Abduvohid Ne'matov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made