O‘zbekistonlik erkak Peterburgda keksa ayolni o‘limdan qutqarib qoldi

Olam

image

O‘zbekiston fuqarosi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida pensioner ayolni poyezd bosib ketishidan qutqarib qoldi. Bu haqda “Fontanka” nashri xabar berdi.

Guvohlarning ma’lum qilishicha, ayolni Skobelev ko‘chasidagi bozorda ishlovchi 37 yoshli Davlat ismli o‘zbekistonlik qutqarib qolgan.

“Fontanka” qahramon erkakni topgan. U voqea 11 avgustda bo‘lganini aytib bergan.

“Men velosipedda edim. Yuk poyezdi kelayotgan edi. Qarasam, katta yoshli ayol to‘g‘ri poyezd tomonga ketyapti. Avvaliga “To‘xtang!” deb baqirdim, lekin u poyezd yo‘liga chiqib bo‘lgandi. Velosipedimni tashlab u tomonga otildim va orqaga olib qochdim. Yarim metrcha qolgandi. Ayol dastlab hech narsani tushunmay qoldi, keyin o‘ziga kelib, “rahmat, o‘g‘lim”, dedi”, deb Davlat o‘z hikoyasin so‘zlab bergan.

Davlat Peterburgga ishlashga borgan. U oilali va ikki farzandi bor. 


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg o'zbekistonlik

Baholaganlar

673

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing