Qizil ogohlantiriş bilan qidiruvga berilgan özbekistonlik Turkiyada uşlandi

3-sahifa

−

image

Turkiyaning Mersin viloyatida giyohvandlikka qarşi kuraş doirasida ötkazilgan tadbirda Özbekiston tomonidan giyohvandlik jinoyati uçun xalqaro miqyosda qidiruvga berilgan Odil Xudoyberdiyev qölga olindi. Bu haqda Turkiya mahalliy matbuoti xabar berdi. 

Mersin Boş prokuraturasi bilan hamkorlikda viloyat Içki işlar boşqarmasi Giyohvandlik bilan boğliq jinoyatlarga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari Özbekiston fuqarosi bölgan Odil Xudoyberdiyevning boşpanasini topişga muvaffaq bölgan. 

Politsiya guruhlari tomonidan ötkazilgan tekşiruvda Özbekiston hukumati tomonidan giyohvandlik jinoyati böyiça qidiruvga berilgan gumonlanuvçining uzoq vaqtdan beri Mersinda yaşab kelayotgani aniqlangan. Gumonlanuvçi Mersindagi qişloq xöjaligi maydonlarida işlab, izini yöqotişga uringani aniqlangan.

Olingan ma’lumotlar asosida harakatga kelgan guruhlar issiqxonalar joylaşgan hududdagi uyda tezkor tadbir ötkazgan. Qizil byulleten bilan xalqaro qidiruvga berilgan Xudoyberdiyev operatsiya davomida qölga olingan va sudga yuborilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq, Özbekiston Jinoyat kodeksining 223-moddasi (qonunga xilof ravişda çet elga çiqiş yoki Özbekiston Respublikasiga kiriş) 2-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, 2014 yildan buyon qidiruvda bölgan fuqaro AQŞda qölga olinib, Özbekistonga ekstraditsiya qilingani haqida xabar berilgan edi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing