O‘zbekistonlik dzyudochi 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport
−
21 Oktabr 2021 9384 1 daqiqa
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Rio-2016 Olimpiya o‘yinlari sovrindori, Osiyo o‘yinlari g‘olibi, Osiyo chempionati kumush medali hamda ko‘plab turnirlarda ishonchli g‘alabalarga erishgan sportchi Diyorbek Urozboyevdan olingan doping-sinamada taqiqlangan modda aniqlandi.
Diyorbek Urozboyev O‘zbekiston Milliy antidoping agentligining “Milliy test ro‘yxati”ga kiritilgan bo‘lib, rejali tarzda doping-nazoratidan o‘tishi belgilangan. Joriy yilning 6 may kuni sportchidan musobaqadan tashqari davrda doping-sinama olingan.
Tekshiruv natijasida sportchi tomonidan Butunjahon antidoping kodeksi va O‘zbekiston Milliy antidoping qoidalarining 2.1-moddasida ko‘rsatilgan antidoping qoidabuzarligi sodir etilgan ya’ni “Meldonium” taqiqlangan moddasi iste’mol qilinganligi aniqlangan.
“Meldonium” taqiqlangan moddalar ro‘yxatining S4. Gormonlar va metabolizm modulyatorlari sinfiga mansub hisoblanadi.
Natijada Urozboyev 3 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi. Diskvalifikatsiya 2021 yil 16 avgustdan 2024 yil 15 avgustga qadar etib belgilandi.
Dzyudochi diskvalifikatsiya muddati tugaganga qadar Butunjahon antidoping kodeksi va O‘zbekiston Milliy antidoping qoidalarining 2.1-moddasida belgilab qo‘yilganidek, xalqaro va milliy toifadagi musobaqalarda ishtirok etishi taqiqlanadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025