O‘zbekistonlik deputat diplomatik mojaro boshlagan Xitoy elchisining iddaolariga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

“Yuksalish” umummilliy harakati raisi, O‘zbekiston Oliy Majlisi deputati Bobur Bekmurodov SSSRdan mustaqillikka erishgan davlatlarning suverenitetini shubha ostiga olgan Fransiyadagi Xitoy elchisining gaplariga nisbatan munosabat bildirdi

Deputat o‘zining Telegram'dagi sahifasida O‘zbekiston mustaqilligini jahonning 150 dan ortiq davlati tan olgani, jumladan, Xitoy bilan 1991 yilning 27 dekabrida o‘zaro diplomatik aloqalar o‘rnatilganini ta’kidlagan. Shuningdek, u O‘zbekiston bir qator xalqaro tashkilotlarga teng huquqli a’zo ekani, mamlakatda 120 dan ortiq millat yashashi va aholi soni 2040 yilga borib 50 millionga yetishiga urg‘u bergan. Mamlakatning 3 ming yillik tarixga ega ekanini e’tirof etib, O‘zbekistonning mustaqilligi borasidagi har qanday shubhalar asosga ega emasligini bildirgan. 

“Shu tufayli postsovet xududidagi mamlakatlarning mustaqilligi borasidagi har qanday shubhalar va ziddiyatli fikrlarning O‘zbekistonga hech qanday aloqasi yo‘q. O‘zbekiston mustaqilligi daxlsizdir”, deb yozadi u. 

Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Fransiyadagi elchisi Lu Shay joriy yilning 21 aprel kuni LCI kanaliga bergan intervyusida Qrim tarixan Rossiyaga tegishli bo‘lgani va keyinchalik Xrushchyov uni Ukrainaga berib yuborganini, shuningdek, postsovet respublikalarining mustaqilligi uchun asos “ishonchli emasligi”, boisi buni tasdiqlovchi “hech qanday xalqaro shartnoma mavjud emasligini” ta’kidlab, diplomatik mojaroga sabab bo‘lgandi. Diplomat, shuning uchun, Fransiya Tashqi ishlar vazirligiga ham chaqirilgan.

Keyinroq Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Ning elchining gaplariga izoh berib, mamlakat sobiq sovet davlatlarining suverenitetini hurmat qilishini, biroq Qrimga nisbatan pozitsiya o‘zgarmasligini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bobur Bekmurodov Lu Shay diplomatik mojaro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing