O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari Osiyo chempionatida 13 ta medal qo‘lga kiritdi
Sport
−
12 noyabr 2022 14517 1 daqiqa
Iordaniya mezbonlik qilgan boks bo‘yicha kattlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bahslari ortda qoldi. Yakuniy natijalarga ko‘ra O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 5 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medal bilan erkaklar jamoalari orasida 1-o‘rinni egalladi.
Oltin medal sohiblari:
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov;
-57 kg: Abdumalik Xalakov;
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev;
-75 kg: Saidjamshid Jafarov;
+92 kg: Lazizbek Mullojonov;
Kumush medal sohiblari:
-80 kg: Odiljon Aslonov;
-92 kg: Madiyar Saidrahimov.
Bronza medal sohiblari:
-54 kg: Shahzod Muzaffarov;
-60 kg: Adhamjon Muxiddinov;
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev.
Ayollar o‘rtasidagi bahslarda esa Navbahor Hamidova oltin, Sohiba Ro‘zmetova kumush va Farzona Fozilova bronza medaliga ega chiqqandi. Musobaqada sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan sportchilar IBF reytingi uchun muhim ochkolarni qo‘lga kiritishadi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust