O‘zbekistonlik bokschilar Ispaniyaga jo‘nab ketdi
Sport
−
16 fevral
4562O‘zbekiston boks milliy terma jamoasi 15-29 fevral kunlari Ispaniyaning La-Nusiya shahrida Xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini olib boradi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, yig‘inda O‘zbekiston vakillari Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi turnirga tayyorgarlik ko‘radi. Olimpiada yo‘llanma beruvchi turnir esa Italiyada o‘tkaziladi.
Ispaniyaga yo‘l olgan tarkibda Toshkent mezbonlik qilgan Jahon chempionati g‘oliblari Ruslan Abdullayev va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayevni ham ko‘rish mumkin.
Terma jamoa tarkibi:
Ruslan Abdullayev;
Mujibillo Tursunov;
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev;
Havasbek Asadullayev;
To‘rabek Habibullayev;
Jasurbek Yo‘ldoshev;
Lazizbek Mullojonov;
Shohjahon Abdullayev.
Murabbiylar: To‘lqin Qilichev, Rahmatjon Ro‘ziohunov, Xulio Li Hechavarria, Steyners Tissert Xuan Enrike, Morales Montero Xesus Alberto, Po‘latjon Shahbozov, Alisher To‘ychiyev, Akmal Hasanov, Yergali Yarashov,
Shifokor: Komiljon Rasulov
LiveBarchasi