Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev ikki karra jahon chempioni bo‘ldi

Sport

image

Parij Olimpiadasi chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev ikki karra jahon chempioniga aylandi. Bu haqda O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Angliyaning Liverpul shahrida yakunlanayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining finalida dastlab Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-65 kg) ringga ko‘tarildi.

Braziliyalik Yuri Falkao dos Reysga qarshi bahs olib borgan Mo‘ydinxo‘jayev g‘alabaga erishib, faoliyatida ikkinchi bor jahon chempionligiga erishdi.

Ma’lumot uchun, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev 71 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida O‘zbekiston boks terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. U Parij-2024 yozgi Olimpiada o‘yinlarining final bahsida Meksika vakili Marko Alonso Verde Alvaresga qarshi ringga ko‘tarilgandi va uni mag‘lub etib, Parij Olimpiadasining oltin medaliga ega chiqqandi.

Shuningdek, -80 kg vazn toifasida finalga chiqqan o‘zbekistonlik Javohir Ummataliyev fransiyalik Yojerlen Sezarni uch raund yakunlariga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratib (5:0), jahon chempioniga aylandi.

Yana bir o‘zbekistonlik To‘rabek Habibullayev ham  -90 kg vazn toifasidagi final jangida braziliyalik Isaias Ribeironi ochkolar bo‘yicha mag‘lubiyatga uchratdi (5:0) va O‘zbekiston hisobiga navbatdagi oltin medalni taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Parij Olimpiadasi chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Toshkent ko‘chalari bo‘ylab Tahoeda 110 km/soat tezlikda harakatlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

boks jahon chempionati Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev Yuri Fal'kao dos Reys

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing