O‘zbekiston boks bo‘yicha jahon chempionatini 11 ta medal bilan yakunladi

Sport

−

image

Angliyaning Liverpul shahrida boks bo‘yicha dunyo birinchiligi o‘z nihoyasiga yetdi. Dunyoning 68 mamlakatidan 540 nafar bokschi ishtirok etgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Oltin medal:

  • -60 kg: Abdumalik Xalokov
  • -65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
  • -75 kg: Fazliddin Erkinboyev
  • -80 kg: Javohir Ummataliyev
  • -85 kg: Akmaljon Isroilov
  • -92 kg: To‘rabek Habibullayev

Kumush medal:

  • -65 kg: Navbahor Hamidova
  • +92 kg: Jahongir Zokirov

Bronza medal:

  • -48 kg: Sabina Boboqulova
  • -51 kg: Feruza Boboqulova
  • -75 kg: Aziza Zokirova

Qayd etish joiz, musobaqalarda birinchi o‘rinni Qozog‘iston bokschilari egaladi. Ular umumiy hisobda 10 ta medal: 7 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronzani qo‘lga kiritishdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing