O‘zbekistonlik bokschilar Braziliyadagi Jahon kubogini 5 ta oltin medal bilan yakunladi
Sport
−
06 aprel
6810Braziliyaning Fos-du-Iguasu shahrida boks bo‘yicha Jahon kubogi yakuniga yetdi. “World Boxing” tomonidan tashkil etilgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Turnirda -50 kg vazn toifasida ishtirok etgan Asilbek Jalilov, -75 kg vaznda qatnashgan Fazliddin Erkinboyev, -80 kg vaznda Javohir Ummataliyev, -90 kg vazn toifasida To‘rabek Habibullayev va +90 kg vazn toifasida ishtirok etgan Jahongir Zokirov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Finalgacha yetib kelgan -55 kg vazn toifasi vakili Mirazizbek Mirzahalilov va -85 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Akmaljon Isroilov kumush medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, -60 kg vazn toifasida mahoratini sinab ko‘rgan Madiyar Daniyarov bronza medaliga ega chiqdi.
Umumjamoa hisobiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallari bilan 1-o‘rinni egalladi. Mezbon Braziliya terma jamoasi 2-o‘rinni egalladi, braziliyaliklar 3 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medaliga ega chiqdi. Kuchli uchlikka Qozog‘iston terma jamoasi vakillari yakuni yasadi. Qozog‘istonlik bokschilar 3 ta oltin (2 ta erkaklar va 1 ta ayollar) va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
LiveBarchasi
Toshkentda podstansiya yonib ketdi.
11 aprel