O‘zbekistonlik bokschi WBA kamari uchun jang qiladi
Sport
−
31 may 2023
8926O‘zbekistonlik professional bokschi Otabek Xolmatov WBA (Butundunyo boks assotsiatsiyasi) kamari uchun jang qiladi. Bu haqda tashkilot o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi.
Yarim yengil vaznda o‘zbekistonlik bokschi WBA kamari sohibi angliyalik Ley Vudga qarshi jang qiladi.
“WBA tashkiloti yarim yengil vazn toifasida WBA chempioni Ley Vud o‘z kamarini Otabek Xolmatovga qarshi himoya qilishga rasman buyruq berdi. Agar Vud himoyadan bosh tortsa, WBA jahon chempionlik kamari uchun vakant qoldirishga majbur bo‘ladi”, deyiladi tashkilot xabarida.
Ma’lumot uchun, Otabek Xolmatov 1998 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. U 2021 yildan profboksda faoliyat yuritadi. O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi profboksdagi barcha – 11 ta jangida g‘alaba qozongan. U 11 ta jangining 10 tasida raqiblarini nokautga uchratgan.
LiveBarchasi