O‘zbekistonlik bokschi qizlar Jahon chempionatini 4 ta medal bilan yakunladi
Sport
−
17 mart
1673Serbiyada yakuniga yetgan boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush va 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Turnirda -66 kg vazn toifasida finalgacha yetib borgan Navbahor Hamidova yakuniy bosqichda Olimpiada va Jahon chempioni, turkiyalik Busenaz Surmenliga qarshi ringga ko‘tarildi hamda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa, Hamidova ushbu musobaqani kumush medal bilan yakunladi.
Bundan tashqari, -48 kg vazn toifasida Farzona Fozilova, -50 kg vazn toifasida Sabina Boboqulova hamda -52 kg vazn toifasida Feruza Kazakova Serbiyadagi Jahon chempionatida bronza medaliga ega chiqdi.
Ma’lumot o‘rnida, Navbahor Hamidova O‘zbekiston ayollar boks tarixida Jahon chempionatida finalga chiqqan ilk bokschi bo‘ldi.
LiveBarchasi