O‘zbekistonlik ayol o‘z bolalarini rossiyalik firibgarga sotdi

3-sahifa

image

Rossiyada ikki farzandini firibgarga sotgan o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya OAV ma’lum qilmoqda.

Xaridor odam savdosi bo‘yicha hibsga olingan 15 farzandning 47 yoshli onasi Yuliya Loginova bo‘lib chiqdi. Sobiq jinoyatchi ilgari go‘daklarni kimyoviy moddalar bilan zaharlash ayblovi qo‘yilib, huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olingan edi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u ijtimoiy nafaqa uchun besh nafar yangi tug‘ilgan chaqaloqni sotib olgan, ulardan ikkitasi o‘zbekistonlik 30 yoshli ayolga tegishli. O‘zbekistonlik ayol esa Loginova firibgarlik bo‘yicha tergovga jalb qilinganidan so‘ng aniqlanib, qo‘lga olingan.

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik ayol ikki bolasini – 2015 yilda tug‘ilgan qizi va 2016 yilda tug‘ilgan o‘g‘lini rossiyalikka sotgan. Loginova esa hujjatlar to‘g‘rilab, bu bolalarni surrogat onadan tug‘ilgan deb ro‘yxatdan o‘tkazgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, O‘zbekiston Rossiyadan migrant bolalar uchun bog‘cha va maktablar ochishni so‘ragani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya firibgarlik jinoyat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing