O‘zbekistonlik 3 kurashchi yilni jahon reytingi peshqadami sifatida yakunlaydi
Sport
−
18 dekabr 2524 1 daqiqa
Birlashgan kurash dunyosi (UWW) joriy yilning dekabr oyi uchun jahon reytingini e’lon qildi. 2025 yil yakuni aks etgan mazkur jadvalda yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining 3 nafar a’zosi birinchi o‘rinda qayd etilgan.
Unga ko‘ra, ortda qolayotgan yil davomida turli musobaqalarda yuqori natijalar bilan qimmatli ochkolarni jamg‘argan Alisher G‘aniyev -60 kg, Aytjan Xalmaxanov -63 kg va Abdullo Aliyev -72 kg vazn toifalarida jahon reytingining peshqadami sifatida yilni yakunlaydigan bo‘ldi.
Qolgan vazn toifalarida yetakchilik qilayotgan sportchilar bilan tanishing:
- 55kg - Vaxtang Lolua (Gruziya);
- 60kg - Alisher G‘aniyev (O‘zbekiston);
- 63kg - Aytjan Xalmaxanov (O‘zbekiston);
- 67kg - Said Esmaili (Eron);
- 72kg - Abdullo Aliyev (O‘zbekiston);
- 77kg - Ahmet Yilmaz (Turkiya);
- 87 kg - Aleksandr Komarov (Serbiya);
- 97 kg - Aleks Shoke (Vengeriya);
- 130 kg - Darius Vitek (Vengeriya).
Ma’lumot uchun, har bir vazn toifasida eng yuqori reytingni egallagan polvon 5 000 Shveysariya franki (taxminan 6 278 AQSH dollari) miqdorida mukofot oladi.
Live
Barchasi