O‘zbekistonlik hamshiralar Italiyaga yaxshigina maoshli ishga taklif etildi

Jamiyat

−

image

Italiya hukumati bilan erishilgan kelishuvlar doirasida o‘zbekistonlik hamshiralar uchun Milan shahri klinikalarida ishlash imkoniyati yaratildi. Bu haqda O‘zbekiston Migratsiya agentligi xabar berdi.

Nomzodlarga quyidagilar taklif qilinmoqda:

  • 3 oylik stajirovka (keyin to‘liq muddatli mehnat shartnomasi imzolash taklifi);
  • 1200 – 1500 yevro oylik maosh
  • bepul turar joy, tushlik va italyan tili kurslari;
  • yengil ish grafigi va qulay shartlar.

Stajirovka yakunida hamshiralar bilan 1800-2200 yevro maoshli shartnoma tuzish yoki avvalgi ish o‘rniga qaytarish bo‘yicha taklif beriladi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

  • “Oliy hamshiralik ishi” bo‘yicha oliy ma’lumotli;
  • 3 yil ish tajribasi;
  • 20–45 yosh;
  • sog‘lom va xorijga chiqishga cheklovi yo‘qligi.

Kerakli hujjatlar:

  • pasport nusxasi;
  • diplom;
  • ob’ektivka ma’lumotnoma (ingliz tilida, namuna bo‘yicha);
  • 3,5 x 4,5 shakldagi fotosurat (so‘ngi uch oyda olingan, rangli).

Arizalar ushbu havola orqali 15 avgustgacha qabul qilinadi. Birinchi bosqichda 10 nafar nomzod tanlab olinadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing