O‘zbekistonlik hakamlar OCHL finalida ishlaydi
Sport
−
02 may
3923O‘zbekistonlik FIFA referisi Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar jamoasi Osiyo Chempionlar ligasining (OCHL) hal qiluvchi final bahsini boshqaradi. Bu haqda musobaqa o‘z sahifasida ma’lum qildi.
Osiyo Chempionlar ligasining final qarama-qarshiligi ikkita uchrashuvdan iborat. G‘arb va Sharq mintaqasidan OCHL finaliga “Al-Ayn” hamda “Yokogama Marinos” yo‘l olgan.
Ikki klub o‘rtasidagi hal qiluvchi 2-final bahsini boshqarish Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar jamoasiga ishonib topshirildi. Unga qanotlarda Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam bersa, Rustam Lutfullin zaxira hakami vazifasini bajaradi. Shuningdek, yana bir o‘zbekistonlik hakam Sanjar Shoyusupov zaxira yordamchi hakami vazifasini bajarishi ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun, “Al-Ayn” va “Yokogama Marinos” jamoalari o‘rtasidagi 2-final o‘yini 25 may kuni soat 21:00 da start oladi.
LiveBarchasi