O‘zbekistonlik hakamlar “Al-Nasr” ishtirokidagi o‘yinni boshqaradi
Sport
−
08 Sentabr 2023
2626Joriy yilning 19 sentyabr kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL) “E” guruhi 1-turi doirasida Eronning “Persopolis” klubi hamda Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Ahamiyatlisi mazkur uchrashuvni Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar jamoasi boshqaradi.
Tantashevga qanotlarda FIFA hakamlari Andrey Sapenko hamda Timur Gaynullin yordam bersa, zaxira hakami vazifasini yana bir top FIFA hakami Ahrol Risqullayev bajaradi.
Shuningdek, o‘sha kuni OFK VAR kursini muvaffaqiyatli yakunlagan Firdavs Norsafarov ushbu bahsda AVAR sifatida ishtirok etadi. Bu orqali u OCHL bahsida referilik qilgan ilk O‘zbekiston vakili bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, OCHLda O‘zbekistonning 4 ta futbol klubi, “Paxtakor”, “Navbahor”, OKMK va “Nasaf” jamoalari ham g‘oliblik uchun bahslarga kirishadi.
LiveBarchasi