O‘zbekistonning mundialdagi liboslari e’lon qilindi
Sport
−
26 may 6100 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatida foydalaniladigan liboslarini e’lon qildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun, 26 may kuni ertalabdan AQSHga yo‘l oldi.

Avvalroq, terma jamoa Qo‘shma Shtatlarga boradigan 30 nafardan iborat futbolchilar ro‘yxatini ma’lum qilgan edi. O‘zbekiston MTJ dastlab AQSHda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazib, joriy yilning 30 may kuni Kanadaga boradi va 1 iyun kuni mezbonlarga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. 8 iyun kuni esa, jamoa Niderlandiyaga qarshi navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Ibrohimhalil Yo‘ldoshev jarohati sabab Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi