O‘zbekistonga yutqazgan jamoa Jahon chempionatiga yo‘l oldi

Sport

image

Ayni kunlarda O‘zbekistonda 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun, 11 mart kuni turnirning chorak final o‘yinlari start oldi.

Dastlabki chorak final o‘yinida Eron vakillari iroqlik tengqurlariga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning asosiy daqiqasida darvozalar daxlsiz qoldi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Iroq futbolchisi Ali Jassim raqib darvozasiga gol urib, jamoasiga Jahon chempionati yo‘llanmasini taqdim etdi.

Iroq U-20 jamoasi musobaqani O‘zbekiston joy olgan “A” guruhida boshlagan edi. O‘zbekiston va Iroq jamoalari guruh bosqichi 2-tur doirasida to‘qnash kelgan va bahs mezbonlarning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlangandi.

Eslatib o‘tamiz, Ravshan Haydarov murabbiyligidagi O‘zbekiston U-20 jamoasi chorak finalda Avstraliyaga qarshi bahs olib boradi. O‘yin 19:00 da poytaxtdagi “Bunyodkor” stadionida start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Iroq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing