O‘zbekistonga Usmonov va’da qilgan vaksinani olib kelish boshlandi

Jamiyat

image

Bugun, 23 aprel kuni O‘zbekistonga Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasining dastlabki partiyasi keltirildi. Vaksinani O‘zbekistonga yetkazib berishda Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi amaliy ko‘mak berdi. Bu haqda SSV Matbuot kotibi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, fevral oyining o‘rtalarida O‘zbekiston N.F.Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Sputnik V” vaksinasidan mamlakatda ommaviy foydalanish uchun sertifikatladi va tasdiqladi. Ushbu vaksinani sertifikatlash jarayoni ishlab chiquvchilardan kerakli hujjatlar, xususan, vaksina klinik sinovlarining uchinchi bosqichi natijalarini olgandan keyingina boshlangan.

O‘zbekistonga aholini emlash uchun olib kelinadigan “Sputnik V” vaksinasining yarmini asli o‘zbekistonlik tadbirkor Alisher Usmonov moliyalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda aprel-iyun oylarida 4 millionga yaqin fuqaro COVID-19 ga qarshi emlash rejalashtirilgan edi. 2021 yil oxiriga kelib, bu ko‘rsatkich 7 millionga yoki mamlakat aholisining taxminan 20 foizigacha o‘sishi mumkin.

Bugungi kunda mamlakatda o‘zbek-xitoy va AstraZeneca vaksinalarining qo‘shimcha dozalarini olib kelish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov vaktsina Sputnik V

Baholaganlar

515

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing